"Bavariya"ning sobiq futbolchisi: "Klubda Keynga o'rinbosar yo'q"

Ditmar Xamann Xarri Keynning "Bavariya"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Shubhasiz, bu Keynning shartnomasidagi so'nggi yil, "Bavariya" uni yaxshi summaga sotishi mumkin. Ammo odamlar u Angliyaga qaytib, yana bir yoki ikki mavsum Premer-ligada o'ynashni xohlashini aytishadi. Men, albatta, buning ehtimoli bor deb o'ylayman.
Shubhasiz, "Bavariya"da hozircha o'rinbosar yo'q, chunki Voltemade kelmagan va Jekson faqat ijarada", - deydi “Bavariya”ning sobiq yarim himoyachisi.