"Bavariya"ning Jeksonning kelajagi bo'yicha rejalari ma'lum

"Bavariya" mavsum boshida hujumchi Nikolas Jeksonni "Chelsi"dan ijaraga olgan edi. Senegallik futbolchi asosiy tarkibda doimiy o'ringa ega emas, ammo myunxenliklar mish-mishlarga qaramay, ijara muddatini oldindan bekor qilmoqchi emas, deb yozadi Bild. Biroq, nemis grandi hujumchini sotib olishni rejalashtirmayapti.
Bitimga 65 mln evro evaziga sotib olish majburiyati kiritilgan bo'lib, agar o'yinchi asosiy tarkibda 40 marta maydonga tushsa, kuchga kiradi. Hozircha 24 yoshli futbolchi asosiy tarkibda atigi beshta o'yinda maydonga tushdi, yana etti vaziyatda Vensan Kompani uni zaxiradan maydonga tushirdi. Jeksonning hisobida "Bavariya" safida uchta gol va bitta golli uzatma bor.