«Bavariya»ning 18 yoshli futbolchisi Lenart Karl Germaniya terma jamoasida debyut qildi

«Bavariya»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Lenart Karl Germaniya milliy terma jamoasi safidagi ilk o'yinini Shveytsariyaga qarshi o'rtoqlik bahsida o'tkazdi. Uchrashuv Bazel shahridagi «Sankt-Yakob Park» stadionida bo'lib o'tdi va mehmonlarning 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Yosh futbolchi 63-daqiqada Leroy Sane o'rniga maydonga tushdi. Shu paytga kelib Germaniya terma jamoasi 3:2 hisobida oldinda edi. Sofascore statistik portali uning o'yinini yuqori baholab, 7.4 reyting berdi.
Joriy mavsumda Lenart Karl «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: championat.com