"Bavariya" nima uchun Shlotterbek bilan shartnoma imzolay olmagan?

"Bavariya"ning sobiq darvozaboni, klub boshqaruv kengashida ishlagan Oliver Kan Niko Shlotterbekning muvaffaqiyatsiz transferini esladi.
Myunxenliklar markaziy himoyachiga uning "Frayburg"dagi faoliyatidan beri qiziqish bildirishgan.
Oxir-oqibat, futbolchi "Borussiya Dortmund"ga jalb qilindi va u erda o'z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi.
"Ha, "Bavariya" Shlotterbek bilan shartnoma imzolashi mumkin edi. U o'sha paytda "Frayburg"da edi va kelajagi haqida qaror qabul qilishi kerak edi. U hali juda yosh bo'lgani uchun biz boshqa nomzodga o'tdik", dedi Kan.
Manba: