"Bavariya" "MYu" yulduzini ko'zlamoqda

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh anchadan buyon "Bavariya" e'tibor markazida bo'lib turibdi. Bu haqda talkSport xabar berdi.
Bundesliga jamoasi 31 yoshli futbolchining katta muxlisi hisoblanadi, "Yunayted" kiyinish xonasida esa u klubdagi so'nggi mavsumini o'tkazishi mumkinligi haqida fikrlar bor.
U APL joriy mavsumida 16 ta o'yinda 5 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.