«Bavariya» Kundeni o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Jyul Kunde yozda «Barselona»ni tark etishi mumkin. Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, kataloniyaliklar frantsiyalik himoyachini sotishga tayyor. Ushbu futbolchiga «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Kunde «Barselona»ga 2022 yilda 50 million evro evaziga kelgandi. Shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi.
2025/26 yilgi mavsumda u 47 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt uni 60 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar