"Bavariya" Keyn bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi

33 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Avvalroq klub kelishuvni kamida 2029 yilgacha uzaytirmoqchi ekani xabar qilingandi.
"Shartnoma bo'yicha muzokaralar hayratlanarli darajada silliq kechmoqda. Qolishni juda istayotgan futbolchi va kelishuvni uzaytirishni juda xohlayotgan klub. Albatta, hali ayrim tafsilotlarni hal qilish kerak bo'ladi.
Butun futbol olami u qanday rol o'ynaganini ko'rib turibdi, ayniqsa, "Bavariya"da. Men uchun "Oltin to'p" sohibi bu shunchaki gollar urgan yoki sovrinlar yutgan odam emas. Bu yana o'rnak bo'la olish namunasi hamdir, Harri Keyn esa maydonda ham, uning tashqarisida ham aynan shunday inson. Shuning uchun men uchun Harri Keyn - yorqin tanlov", – dedi Eberl.
Kommentariyalar