"Bavariya" va "Chelsi" hujumchi Nikolas Jekson bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Ko'klar" 24 yoshli futbolchiga umid qilmayapti, ammo myunxenliklarga u juda kerak - ular kelishuvni yakunlash ustida qattiq ishlamoqda.

"Bavariya" Jeksonning ijarasi uchun "Chelsi"ga taxminan 15 million evro taklif qildi - menimcha, bu ijara haqi haqida gapiradigan bo'lsak, jahon futboli rekordi," - dedi taniqli insayder Fabritsio Romano va nemis grandi forvardning maoshini to'liq qoplashini qo'shimcha qildi.

Shartnomaga sotib olish majburiyati kiritilishi kutilmoqda. Transfermarkt saytidagi Nikolas Jeksonning taxminiy narxi - 50 mln evro.