«Bavariya» irodali o'yinlar bo'yicha Bundesliganing 26 yillik rekordini takrorladi

«Bavariya» joriy mavsumda Bundesliga o'yinlari davomida hisobda orqada borib, yakunda jami 29 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.
Myunxen klubi bu borada «Bayer» tomonidan 1999/00 yilgi mavsumda o'rnatilgan liga rekordini takrorladi. Bugun Vensan Kompani shogirdlari Germaniya chempionatining 32-turida «Xaydenxaym» bilan durang o'ynadi (3:3). Jamoa ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 10-daqiqada Maykl Olise tomonidan kiritilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
Eslatib o'tamiz, «Bavariya» joriy mavsumda Germaniya chempionligini allaqachon naqd qilib qo'ygan — klub hisobida 83 ochko bor.