«Bavariya» «Inter» himoyachisi bilan muzokaralarni boshladi

Yann Bissek Germaniyaga qaytishi mumkin.
Calciomercato nashri insayder Kristian Falkga tayanib xabar berishicha, «Bavariya» «Inter» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar allaqachon «neradzurrilar» bilan predmetli muzokaralarni boshlab yuborgan. Italiya klubi himoyachi uchun 40 million evro talab qilmoqda.
«Kyoln» akademiyasi bitiruvchisi Milanda uch mavsum o'tkazdi. 2025/26 yilgi A Seriya mavsumida nemis futbolchisi uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi.