"Bavariya" hujum yulduzi yaqin kunlarda yangi shartnoma imzolaydi

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Serj Gnabri katta ehtimol bilan jamoada qoladi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Tez orada barcha tafsilotlar hal bo'lishi kutilmoqda, shundan so'ng Gnabri 2028 yil iyunigacha yangi shartnoma imzolaydi.
Gnabri 2017 yilda "Bavariya" futbolchisiga aylangan. U joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.