"Bavariya" hujum chizig'ini kuchaytiradigan ikki nafar nomzodni aniqlab oldi

Myunxenning "Bavariya" klubi Germaniya Bundesligasining ikki futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Fichajes nashri jurnalistlari.
Manbaga ko'ra, Germaniya chempioni "Kyoln" vingeri Said El-Mala va "RB Leyptsig" hujumkor yarim himoyachisi Yan Diomandeni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Diomandega "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida El-Mala 17 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Diomande Bundesliganing 15 uchrashuvida qatnashib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.