"Bavariya" himoyachisi Kompani qo'l ostida ishlashning o'ziga xos xususiyatlari haqida gapirdi

"Bavariya" himoyachisi Jonatan Ta Myunxen klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani qo'l ostida ishlash haqida gapirdi.
"Kompani tabiatan himoyachilar bilan o'ziga xos aloqaga ega, chunki u bizni hammadan yaxshi tushunadi. Ammo oxir-oqibat u har bir futbolchiga nimadir beradi. Shuningdek, u vaziyatni o'zgartirib yuborishi va hujumchilarga himoyachilarning zaif tomonlarini aytishi mumkin. Men undan allaqachon ko'p narsani o'rgandim," - dedi Ta matbuot anjumanida.
Jonatan Ta 2025 yilda ikki million evro evaziga "Bavariya"ga "Bayer"dan o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.