"Bavariya"ning o'ng qanot himoyachisi Sasha Boe kelasi yil boshidayoq Angliya premer-ligasida paydo bo'lishi mumkin.

Frantsiyalik futbolchini "Kristal Pelas" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Jurnalist Kristian Falkning ma'lum qilishicha, London klubi vakillari allaqachon 25 yoshli futbolchi bilan aloqaga chiqqan. "Bavariya" lateralni yanvarda taxminan 15 mln evroga sotishga tayyor.

Mashhur Transfermarkt portali Sasha Boening narxini biroz balandroq 18 mln evroga baholamoqda.

Futbolchi joriy mavsum Vensan Kompani jamoasining 14 o'yinida maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq, himoyachi "Yuventus" va "Galatasaroy"ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.