“Bavariya” himoyachisi A Seriyaga yo'l olishi mumkin

Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Rafael Gerreyru Germaniya chempionatini tark etib, Italiya A Seriyasida o'ynashi mumkin.
Turinning “Yuventus” klubi uni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi Tuttosport.
Jurnalistlarning yozishicha, “keksa sinyora” 31 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida sotib olishni rejalashtirgan.
Rafaelning bozor narxi sakkiz million evroga baholanmoqda va uning myunxenliklar klubi bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi.