Himoyachi Dayo Upamekano mavsum yakunlangach, "Bavariya"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Manbaga ko'ra, frantsuz myunxenliklar bilan yangi bitimni kelisha olmayapti. Himoyachining amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Yaqinda "Bavariya" rahbariyati va futbolchining agentlari o'rtasida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Biroq tomonlar muzokaralarda oldinga siljishga erishmadilar.