"Bavariya"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Joau Palinya kelajakda "qizillar" safida o'ynamasa kerak.

Portugaliyalik futbolchi Angliyaga qaytganidan so'ng ajoyib o'yin ko'rsatdi, ammo Myunxen klubi hali u uchun rejalar tuzmadi.

Bild nashri xabariga ko'ra, nemis grandi rahbariyati "shporlar"ning 30 yoshli yarim himoyachini sotib olishlariga umid qilmoqda.

Joau Palinya Tomas Frank jamoasida 9 ta o'yinda 3 ta gol urdi.