"Bavariya" yozda shartnomasi yakunlanganidan keyin yarimhimoyachi Leon Goretska klubni tark etishini e'lon qildi.

Leon 2018 yilda "Shalke"dan "Bavariya"ga o'tgan va 15 ta sovrin, jumladan, Chempionlar Ligasi va Bundesligada 6 ta chempionlikni qo'lga kiritgan.

"Atletiko" Goretskani qishda o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, biroq 30 yoshli germaniyalik mavsumni Myunxenda yakunlashga qaror qildi. Erkin agentga yozda madridliklar, "Milan" va boshqa klublar da'vogarlik qiladi.