"Bavariya" Gnabri bilan shartnomani qachon uzaytirishi ma'lum bo'ldi

Myunxenning "Bavariya" klubi 30 yoshli hujumchisi Serj Gnabri klub bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Aytish joizki, Gnabri bilan mehnat shartnomasi yaqin orada uzaytirilishi haqidagi mish-mishlar o'tgan yildan beri davom etmoqda.
Biroq jurnalist Florian Plettenbergning ta'kidlashicha, hammasi rejadagidek ketmoqda. Uning ma'lumotiga ko'ra, yangi shartnoma imzolanishi haqiqatan ham biroz cho'zilmoqda, biroq u keyingi haftadayoq amalga oshishi kerak. "Bavariya" Gnabrining o'yinlaridan to'liq qoniqish hosil qilmoqda va uni yaqin kelajakda jamoa etakchisi sifatida ko'rmoqda.
Joriy mavsumda Gnabri barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nemisning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.