"Bavariya" futbolchisi yana jarohat oldi

"Bavariya" futbolchisi Alfonso Devis yana jarohat oldi.
U Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yinni yakunlay olmadi.
70-daqiqada kanadalik to'satdan maydonga o'tirdi va almashtirishni so'radi. U maydonni ko'z yoshlari bilan tark etdi va yuzini futbolkasi bilan yopdi.
O'yindan so'ng, "Bavariya" bosh murabbiyi Vinsent Kompani klub shifokorlari aniq tashxis qo'yish uchun futbolchini tez orada tekshirishini e'lon qildi.
Kommentariyalar