Tayanch yarim himoyachisi Joau Palinya "Bavariya"dan "Tottenxem"ga to'liq ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, "Tottenxem" 30 yoshli portugaliyalik futbolchining shartnomasini mavsum oxirida "Bavariya"dan sotib olmoqchi. Ta'kidlanishicha, to'laqonli transfer "shporlar"ga 30 million evroga tushadi. Futbolchining ijara shartnomasida aynan shu summa ko'rsatilgan.

Palinya "Tottenxem" safida barcha turnirlarda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilning yozida "Bavariya" futbolchini "Fulxem"dan 51 million evroga sotib olgan edi.