Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy yarim himoyachisi Leon Goretska faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Bild nashri xabariga ko'ra, 30 yoshli germaniyalik futbolchi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka kelasi yozda tekinga jamoaga o'tishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

Goretskaning nemis grandi bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan. U joriy mavsumda jami 23 ta o'yinda 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali Leonni hozirda 15 million evroga baholamoqda.