"Bavariya" direktori yangi hujumchi uchun pul yo'qligini tan oldi

Myunxenning "Bavariya" klubi sport direktori Maks Eberl klub yana bir hujumchi bilan kuchayishga qarshi emasligini, ammo bunga etarlicha pul yo'qligini tan oldi.
"Hamma 70-80 million evrolik transferni xohlaydi, ammo bizda bu pul yo'q, shuning uchun kreativlik ko'rsatishimiz kerak. Futbolchilar bilan muzokaralar davomida ularga "Bavariya" nomi payqadik," - deya Eberlning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Uning qo'shimcha qilishicha, boshqa klublar myunxenliklarga futbolchilarni ijaraga berishni istamayapti. Shuning uchun ham klubda yoshlarga e'tibor qaratiladi.