"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek bilan shartnoma imzolash haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq, 26 yoshli futbolchi "Borussiya" bilan mehnat shartnomasini uzaytirmasligi va Germaniya chempioni jamoasiga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Niko Shlotterbek - juda, juda yaxshi futbolchi. Juda yaxshi himoyachi. Ammo biz tarkibimizdan mamnunmiz va hozirda navbatdagi o'yinga e'tibor qaratmoqdamiz," - deya funktsionerning so'zlarini keltiradi Sky Sport.

Joriy mavsumda Shlotterbek barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta golga hammualliflik qilgan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.