«Bavariya» darvozaboni boshqa klub bilan muzokaralar olib bordi

«Bavariya» klubiga tegishli bo'lgan darvozabon Aleksandr Nyubel Turkiyaning «Beshiktosh» klubi bilan muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda Sky Germany nashri xabar bermoqda.
Futbolchi yaqin vaqt ichida o'z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, 2023 yilda Nyubel «Bavariya»ni tark etib, ijara asosida «Shtutgart» klubiga ko'chib o'tgan edi. Biroq futbolchining transfer huquqlari hanuzgacha myunxenliklarga tegishli hisoblanadi.
Ortda qolgan mavsumda Aleksandr Nyubel «Shtutgart» safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarda golkiper o'z darvozasidan 70 ta to'p olib chiqqan bo'lsa, 14 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar