"Bavariya" darvozaboni Angliya klubiga o'tadigan bo'ldi

"Bavariya" darvozaboni Daniel Perets "Sautgempton"ga o'tmoqda.
Sky Sport xabariga ko'ra, Chempionship klubi Peretsni mavsum oxirigacha 400 ming evro evaziga 8 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
Ma'lum bo'lishicha, Perets seshanba kuni yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tishni yakunlaydi.
Iyul oyidan buyon isroillik futbolchi "Gamburg" safida ijara asosida to'p tepib kelayotgandi, ammo u klub safida atigi ikki o'yinda - Germaniya Kubogida maydonga tushdi. Ushbu ijara muddatidan oldin to'xtatiladi.