«Bavariya» Chempionlar ligasida «Atalanta»ni ketma-ket ikki bor mag'lub etdi va noyob statistikaga erishdi.

Italiya klubi bilan kechgan dastlabki bahsda Vensan Kompani jamoasi 6:1 hisobida zafar quchgan bo'lsa, javob o'yinida 4:1 hisobi qayd etildi.

Myunxenliklar o'z tarixida uch bora ikki o'yin natijasiga ko'ra raqiblarini 8 va undan ortiq to'plar farqi bilan mag'lub etishgan. Bu yilgi natijaga qadar ular «Sporting» (2009 yilda 12:1) va «Arsenal»ni (2017 yilda 10:2) tor-mor etishgan edi.

Boshqa birorta jamoada bunday yirik farq bilan yutilgan hatto ikkita qarama-qarshilik mavjud emas.