Myunxenning "Bavariya" klubi bosh ijrochi direktori Yan-Kristian Drezen frantsiyalik himoyachi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirish jarayoni cho'zilib ketgani haqida fikr bildirdi.

"Agar uzoq vaqt saqich chaynasangiz, oxir-oqibat ta'mi yo'qoladi. Shuning uchun saqich chaynagandek cho'zmaslik kerak," - deya Drezenning so'zlarini keltiradi T-online.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida o'z nihoyasiga etadi. 2025/2026 yilgi mavsumda frantsuz 21 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.