«Bavariya» «Chelsi» bilan himoyachi uchun kurashadi

"Nottingem Forest" markaziy himoyachisi Murillo "Bavariya"ning ehtimoliy transfer maqsadi hisoblanadi.
Kelasi yozda Myunxen grandi iyun oyi oxirida shartnomasi tugaydigan Dayo Upamekanoni yo'qotishi mumkin, Kim Min Chjening ham klubidagi kelajagi so'roq ostida. Bild nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Germaniyaning amaldagi chempionlari Muriloga qiziqmoqda. 23 yoshli braziliyalik futbolchini "Barselona" va Londonning "Chelsi" klublari kuzatib bormoqda.
Murilloning Transfermarkt saytidagi narxi - 55 mln evro, futbolchining "Nottingem Forest" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. "Bavariya" qimmatbaho "o'rmonchilar" yulduzining transferini amalga oshirish uchun o'z futbolchilaridan birini sotishiga to'g'ri keladi.