"Bavariya" Bundesliganing eng tezkor gollaridan birini "Ayntraxt" darvozasiga kiritdi.

Myunxenliklar va frankfurtliklar chempionatning 6-turida to'qnash kelishmoqda.

Mehmonlar 15-soniyadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Luis Dias gol muallifi bo'ldi.

Bundesliga rekordini Karim Belarabi va Kevin Folland bo'lishib turibdi, ularga gol urish uchun 9 soniya kerak bo'lgan. "Bavariya" futbolchilari orasida faqat Jovanni Elber (11 soniya) va Lotar Matteus (13) hisobni tezroq ochgan.

Manba: www.stadion.uz.