"Bavariya" chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Vensan Kompani jamoasi 17-turda "Kyoln"ni mag'lub etdi (3:1) va "Borussiya" Dortmund bilan 11 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda.

Myunxenliklar bu mavsumda Bundesligada biror marta ham mag'lub bo'lishmadi. Ular hisobida 15 ta g'alaba va 2 ta durang bor, umumiy hisob - 66:13.

17 yanvar kuni "Bavariya" safarda "Leyptsig" mehmoni bo'ladi.