«Bavariya» Bremer uchun 30 mln evro taklif qildi

«Bavariya» «Yuventus» himoyachisi Bremer uchun 30 million evro taklif qildi, biroq «byankoneri» Braziliya terma jamoasining 29 yoshli o'yinchisini 40 millionga baholamoqda.
Bremer jamoadan ketish variantini ko'rib chiqmoqda, chunki u sovrinlar uchun kurashishni istaydi va Turin klubidagi qayta qurishlar tezkor muvaffaqiyatni kafolatlamasligini tushunib turibdi.
Braziliyalik futbolchining shartnomasida 58 million evro miqdorida tovon puli haqidagi band mavjud bo'lib, u 10 avgustga qadar amal qiladi, biroq «Yuventus» rahbariyati kimdir buncha summa to'lashiga ishonmayapti.
A Seriyaning o'tgan mavsumida Bremer 26 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urdi, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 5 ta sariq kartochka oldi. Ayni paytda u Braziliya terma jamoasi ixtiyorida jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar