«Bavariya» bosh direktori APL haqida: «Nega Angliya klublari so'nggi 4 yilda Chempionlar ligasi va Evropa ligasida atigi ikki g'alaba?»

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drezen Angliya Premer-ligasi boshqa chempionatlardan ustun degan fikrga qo'shilmadi.
«Ko'pchilik Bundesligani endi faqat rivojlanish ligasi deb hisoblaydi. Bu to'g'ri emas. Faqat Premer-liga hozircha transferlarga katta xarajat qilishga qodir. Yana katta muammo — bu erdagi yuqori maoshlar va komission to'lovlar.
Masalan, Voltemade masalasida biz moliyaviy limit o'rnatdik. Biz Nik bilan shartnoma imzolashni xohlagan edik. Biz taklif qilgan 55 million evro juda ham katta malbag' edi. Ammo o'sha paytda «Shtutgart»: «Voltemadeni qancha pul taklif qilinmasin, sotmaymiz», dedi. Keyin esa ular fikrlarini o'zgartirgandek tuyuladi.
Biroq, shu debatlarda e'tibordan chetda qoladigan bir jihat bor: bu — ingliz klublarining Chempionlar ligasi va Evroligadagi natijalari.
Oxirgi to'rt yilda ular sakkizta mumkin bo'lgan sovrindan ikkitasini yutdi, xolos. Agar barcha boshqa chempionatlar faqat rivojlanish liga bo'lsa, nima uchun Premer-liga klublari har yili kamida bitta sovrinni qo'lga kiritmaydi?» — dedi Drezen Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida.