"Bavariya" Dortmundning "Borussiya" klubi erishgan natijani takrorladi.

Kecha Germaniya chempionatining 7-turidan o'rin olgan o'zaro o'yinda myunxenliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

"Bavariya" mavsumdagi dastlabki 11 ta rasmiy o'yinning barchasida g'alaba qozondi, bungacha faqat 2015/16 yilgi mavsumda Dortmundning "Borussiya"si bunga erishgan edi.

Vensan Kompani jamoasi 22 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi uy uchrashuvida rekordni yangilashi mumkin.