«Bavariya» bir o'yinda Bundesliganing bir nechta tarixiy natijalarini yangiladi

«Bavariya» Vensan Kompani boshqaruvida rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Bundesliganing «Sankt-Pauli»ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvida (5:0) myunxenliklar safida 18 yoshli Bara Ndiaye debyut qildi. Kicker nashrining qayd etishicha, u joriy chempionatda jamoa safida maydonga tushgan 31-futbolchi bo'ldi va bu klubning yangi rekordi hisoblanadi.
Bundan tashqari, «Bavariya» bir mavsum davomida tarkibga jalb etilgan 19 yosh va undan kichik bo'lgan futbolchilar soni bo'yicha ham Bundesliga rekordini o'rnatdi — bunday yosh o'yinchilar soni 8 nafarga etdi.
Eslatib o'tamiz, aynan shu bahsda Kompani jamoasi Bundesliganing bir mavsumidagi umumiy gollar soni bo'yicha ham rekordni yangiladi (105 ta gol). Vaholanki, chempionat yakunigacha hali yana beshta tur mavjud.
Kommentariyalar