"Bavariya" asosiy himoyachisi bilan deyarli kelishib oldi

"Bavariya" va Dayo Upamekano yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Markaziy himoyachi va klub o'rtasidagi amaldagi kelishuv joriy mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi.
Myunxenliklar futbolchi bilan bazaviy maosh masalasida deyarli kelishuvga erishgani aytilmoqda, deb xabar berdi jurnalist Kristian Falk.
Biroq, "Bavariya"ga shartnoma bonusi to'sqinlik qilishi mumkin.
Alfonso Devis shartnomani qayta imzolaganidan so'ng taxminan 20 million evro oldi va nemis klubi Dayo Upamekanoga shuncha taklif berishga tayyor emas.