«Bavariya» «Arsenal» yulduziga xaridor bo'lmoqda

«Arsenal» hujumchisi Kay Xaverts Bundesligaga qaytishi mumkin. Jurnalist Charlz Uottsning ma'lumotlariga ko'ra, London klubi shu yozda forvardni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Futbolchining transferiga «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Germaniya chempionlari Xavertsni Nikolas Jekson o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rishmoqda. Ma'lumot uchun, Jekson joriy mavsum yakunida ijara muddati tugagach, «Chelsi»ga qaytadi.
Kay Xaverts 2023 yilda «Chelsi»dan 75 million evro evaziga «Arsenal»ga o'tgan edi. Uning «kanonirlar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.