«Bavariya» APLdan yangi darvozabon olib kelishni rejalashtirmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi jamoa tarkibida 40 yoshli germaniyalik Manuel Noyerning o'rnini egallaydigan yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Germaniya chempionining qiziqishlar doirasidan 23 yoshli niderlandiyalik Bart Verbryuggen o'rin olgan. Ayni damda posbon Angliya Premer-ligasida «Brayton» klubi sharafini himoya qilmoqda.
Niderlandiyalik futbolchining «chaykalar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning transfer qiymati 40 million evroga baholanmoqda.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Bart 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Darvozabon o'z darvozasidan 37 ta to'p olib chiqdi va ettita o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.