"Bavariya" APL klublari qiziqishi fonida 16 yoshli iqtidoriga yangi shartnoma taklif qiladi

Myunxenning "Bavariya" klubi 16 yoshli iqtidorli markaziy himoyachisi Kassiano Kyala bilan yangi uzoq muddatli shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, yangi kelishuv muhokamasi qizg'in davom etmoqda: so'nggi haftalarda "Bavariya" o'z taklifini yubordi va Premer-liga klublari futbolchini tortib olmasligiga ishonchi komil.
Germaniyalik yosh futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. U shu vaqtgacha Germaniya U-15, U-16 va U-17 terma jamoalarida ham o'yinlar o'tkazgan.