«Nyukasl» vingeri Entoni Gordonda Germaniya Bundesligasiga ko'chib o'tish varianti paydo bo'ldi. Angliyalik futbolchini Myunxenning «Bavariya» klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar bermoqda Sky Sport.

Manbaning ma'lum qilishicha, Germaniya top-klubi rahbariyati Gordon bilan besh yillik uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor. «Nyukasl» esa o'z futbolchisining sotuvidan taxminan 90 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli yarim himoyachi 26 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Entoni o'z hisobiga oltita gol (uchtasi penaltidan) va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ygan.