Frantsiyaning "Nant" klubi 18 yoshli himoyachisi Tilel Tati Germaniya Bundesligasiga ko'chib o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Ekrem Konur.

Jurnalistning yozishicha, Myunxenning "Bavariya" klubi istiqbolli markaziy himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Frantsuz klubi 40-50 million evro evaziga Tati bilan xayrlashishga tayyor.

Avvalroq, futbolchi transferiga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirayotgan edi. "Ko'klar" 30 million taklif qilishdi, ammo "Nant" rad javobini oldi.

Joriy mavsumda Tati 19 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga yo'l topa olmadi. Futbolchi va frantsuz klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.