«Bavariya» 18 yoshli markaziy yarim himoyachi Felipe Chavesni joriy mavsum oxiriga qadar ijara asosida «Kyoln»ga yubordi.

Bu mavsumda xavbek Bundesligada ikki o'yinda maydonga tushib, jami 12 daqiqa harakat qildi.

«Felipe Chaves — yosh va iste'dodli futbolchi, unga allaqachon bir qator etakchi klublar qiziqmoqda. Bizda «Bavariya»da uni rivojlantirish bo'yicha aniq reja bor.

Endi u «Kyoln»da Bundesligada muntazam o'yin amaliyoti olib, karerasida navbatdagi qadamni qo'yishi kerak.

Felipe — chap oyog'i kuchli, kelajagi porloq bo'lgan juda yaxshi futbolchi», — dedi myunxenliklar sport direktori Kristof Froynd.