«Bavariya» o'zining mag'lubiyatsiz seriyasini 18 ta o'yinga etkazdi.

Vensan Kompani jamoasi Germaniya Kubogi yarim finalida «Bayer»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

«Bavariya» oxirgi marta 24 yanvar kuni Bundesliga doirasida «Augsburg»ga qarshi kechgan bahsda (1:2) mag'lubiyatga uchragan edi. Shundan so'ng myunxenliklar barcha turnirlarda 16 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etishdi.

25 aprel kuni muddatidan oldin Germaniya chempioniga aylangan «Bavariya» Bundesliganing 31-turi doirasida «Maynts» bilan kuch sinashadi.