Batt: "Agarda Maynu boshqa jamoada o'ynaganida "Manchester Yunayted" uni 60-70 million funtga sotib olgan bo'lardi"

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Niki Batt Ruben Amorim jamoasida Kobbi Maynuning muammolari haqida fikr bildirdi.
"Meni qo'rqitayotgan narsa shuki, agar Maynu, masalan, "Kristal Pjlas"da o'ynaganida, "Manchester Yunayted" uni 60-70 mln funtga sotib olishi aniq edi. Agar u boshqa klubda bo'lganida, "Yunayted" uni olib ketish hamma narsani qilgan bo'lardi," - deya Battning so'zlarini keltiradi The United Stand.
Kobbi Maynu Premer-liganing joriy mavsumida biror marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushmadi va sakkiz marta zaxiradan o'yinga qo'shildi. Transfermarkt saytida futbolchining narxi - 45 mln evro.