Argentina terma jamoasining sobiq yulduzi Gabriel Batistuta Lionel Messining jahon chempionatida maydonga tushishiga shubha qilmayapti.

"Aminmanki, u Amerikada o'ynaydi. Jahon chempionati - bu sizni iroda va energiya bilan to'ldiradigan ulkan motivatsiya. Leo esa bu safar unga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishi mumkin, chunki MLSda hammasi Evropadagidek murakkab emas," - deya Batistutaning so'zlarini keltiradi TyC Sports.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 2026 yilning 11 iyun kuni start oladi va 19 iyulga qadar davom etadi.