«Fiorentina» va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Gabriel Batistuta Lionel Messi hamda Diego Maradonani taqqosladi.

Raqamlarga qarasak, Messi Diegodan ancha ustun. Ammo xarakter, iste'dod va tomoshaboplik borasida nima deysiz?

— Raqamlar bo'yicha Messi allaqachon va ancha oldin Maradonadan o'zib ketgan. Ammo xarizma va tomoshaboplik haqida gapirsak, menda ayrim shubhalar bor.

Bu jahon chempionati Messi Maradonaning ham ustun ekanini isbotlamadimi?

— Avval ham aytganimdek, raqamlar bo'yicha u Maradonadan ancha ustun. Ammo xarizma va shou yaratish qobiliyati haqida gap ketsa… Messi ancha tartibli va intizomli inson. U yaxshi odam, yaxshi oilasi bor. Diego esa atrofida sodir bo'layotgan har qanday voqeani haqiqiy shouga aylantira olardi, — dedi Batistuta Fonbet'ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Manba: Stadion.uz