«Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni klubini o'zgartirishga yaqin turibdi. U kutilayotgan transfer masalasida o'z ustuvorliklarini belgilab oldi. Futbolchiga «Liverpul» va «Real» klublari da'vogarlik qilmoqda.

Jurnalist Migel Serrano bergan ma'lumotlarga ko'ra, Bastoni «Real» foydasiga tanlov qilgan va Madridga ko'chib o'tishni istamoqda.

Qayd etilishicha, «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Bastonini tarkibni kuchaytirish uchun asosiy variant deb hisoblamoqda.

Manba: Stadion.uz