"Barselona" yulduzlaridan biri "PSJ"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tez orada safga qaytishi mumkin. 21 yoshli futbolchi tizza muammosi tufayli o'yinlarda ishtirok etmayotgan edi. Hatto jarrohlik amaliyoti haqida ham gap ketayotgandi - agar jarrohlik o'tkazilganda, kataloniyaliklar uzoq vaqt davomida yarim himoyachidan foydalana olmasdi. Jurnalist Xavi Migelning ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi paytlarda Gavining ahvoli ancha yaxshilangan: tizzasidagi og'riq yo'qolgan, shu sababli operatsiya ehtimoli past.
Taxminlarga ko'ra, futbolchi taxminan ikki haftadan so'ng - aynan Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ikkinchi tur o'yini "PSJ"ga qarshi o'yin vaqtigacha to'liq tiklanadi. Biroq, "Barselona" ehtiyotkorlikni saqlab, voqealarni tezlashtirishni xohlamayapti.
"Ko'k-anorlilar"ning "PSJ"ga qarshi bahsi 1 oktyabrda bo'lib o'tadi.