"Barselona" yulduziga aylangan va yangi shartnoma imzolashga yaqin turgan Fermin Lopes qiziq savolga javob berdi. Lopesdan Deku o'rniga "ko'k-anorranglilar" sport direktori lavozimida ishlaganida kim bilan shartnoma imzolashini so'rashdi.

"Men Messi bilan shartnoma imzolagan bo'lardim," - deya Lopesning tadbirdagi so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

"Barselona" hozirda Chempionlar ligasi doirasidagi "Kopengagen"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoalar 28 yanvar, chorshanba kuni o'yin o'tkazishadi.

2025/2026 yilgi mavsumda 25 ta o'yinda Fermin Lopes 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.