Kataloniyaning «Barselona» klubi o'z himoyachilaridan biri bilan xayrlashishi mumkin. Insayder Karlos Monfort ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, «ko'k-anorranglilar» frantsiyalik qanot himoyachisi Jyul Kunde bilan xayrlashish haqida o'ylamoqda.

Kataloniya klubi rahbariyati Kundening o'tgan mavsumdagi o'yin saviyasidan norozi bo'lgan. «Barselona» Jyulni sotishga tayyor va uning o'rniga yangi himoyachi olib kelishni rejalashtirmoqda.

27 yoshli frantsiyalik futbolchi 2022 yilning yozidan buyon «ko'k-anorranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Kunde va Kataloniya klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi. Ayni paytda futbolchining bozor qiymati 65 million evroga baholanmoqda.